Kelajak sari qadam: GOING Smarttech Service Group va O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi o‘rtasida texnologik hamkorlik memorandumi imzolandi

Kelajak sari qadam: GOING Smarttech Service Group va O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi o‘rtasida texnologik hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun innovatsion taraqqiyot va raqamli transformatsiya asrida “aqlli shaharlar” kontseptsiyasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda, GOING Smarttech Service Group MCHJ va O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi o‘rtasida Central Asia Smart City loyihasi doirasida texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirish va aqlli infratuzilmalarni yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:

- Texnoparklar, ilmiy laboratoriyalar va IT-ekotizimlarni barpo etish.
- Aqlli shaharlar uchun raqamli platformalar, avtomatlashtirilgan tizimlar va sun’iy intellekt asosida ishlovchi xizmatlarni rivojlantirish.
- Tibbiyot, ta’lim, transport va energetika sohalariga zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish.
- Innovatsion startaplar va texnologik yechimlarni qo‘llab-quvvatlash.
- Blockchain, data center va sun’iy intellekt sohalarini rivojlantirish.

Tomonlar ushbu hamkorlik orqali nafaqat zamonaviy infratuzilmani barpo etishni, balki kelajak uchun barqaror va aqlli hayot tarzini yaratishni maqsad qilganlar.