Oziq-ovqat xavfsizligi va laboratoriya sohasida yangi bosqich

Oziq-ovqat xavfsizligi va laboratoriya sohasida yangi bosqich

O‘zbekistonning ilg‘or muhandislik va texnik xizmat ko‘rsatish kompaniyasi GOING Smarttech Service Group MCHJ hamda Turkiyaning yetakchi laboratoriya texnologiyalari kompaniyasi BABIL LABORATUVAR HİZMETLERİ LTD. ŞTİ. o‘rtasida strategik hamkorlik protokoli imzolandi.

Protokolga muvofiq, tomonlar O‘zbekiston va butun O‘rta Osiyo mintaqasida oziq-ovqat xavfsizligi doirasida turli turdagi laboratoriyalarni qurish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, tahlil to‘plamlari yetkazib berish, AR-GE loyihalari, konsalting va ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yadi.

Mazkur hamkorlik nafaqat laboratoriya infratuzilmasini mustahkamlash, balki innovatsion ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

---