Oziq-ovqat Xavfsizligi va Sertifikatlashtirish bo‘yicha Strategik Hamkorlik

Oziq-ovqat Xavfsizligi va Sertifikatlashtirish bo‘yicha Strategik Hamkorlik

2025-yil aprel oyida O‘zbekistonning GOING Smarttech Service Group MCHJ hamda Turkiyaning SYM Belgelendirme Eğitim Muayene ve Test Hizmetleri San. ve Tic. Ltd. Şti. kompaniyalari o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi, sertifikatlashtirish, treninglar va texnik yechimlar bo‘yicha strategik hamkorlik protokoli imzolandi.

Protokol quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

- O‘zbekiston va O‘rta Osiyo davlatlarida oziq-ovqat xavfsizligi loyihalarini amalga oshirish;
- Sertifikatlashtirish xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish;
- Treninglar, o‘quv dasturlari va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish;
- Ikkinchi tomon auditi xizmatlarini ko‘rsatish;
- Milliy va xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash;
- Texnik maslahatlar va echimlar ishlab chiqish;
- Xalqaro tajribaga ega ekspertlar va muhandislar bilan hamkorlik qilish.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos texnik xizmatlar, xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash, va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

---