GOING SMARTTECH va COSMOSTAR “Central Asia Smart City” loyihasi boʻyicha hamkorlik qiladi

GOING SMARTTECH va COSMOSTAR “Central Asia Smart City” loyihasi boʻyicha hamkorlik qiladi

Toshkent viloyati – GOING Smarttech Service Group MCHJ hamda Cosmostar Project Management LLC oʻrtasida “Central Asia Smart City” mega-loyihasi doirasida strategik hamkorlik boʻyicha Mutabakat Zabtini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur hujjat GOING Smarttech Service Group MCHJ bosh direktori Bilol Abdurahimov hamda Cosmostar vakili Berkay Karacaer tomonidan imzolandi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar: kalit topshiriladigan toza xona qurilishi, asfalt ishlab chiqarish va yotqizish, saqlash tanklari loyihalash va o‘rnatish, nasos stansiyalari va sanoat quvurlari tizimlari, po‘lat konstruksiyalar hamda og‘ir texnikalar o‘rnatish ishlari.

Mutabakatga binoan, texnik loyiha ishlab chiqish, sifat nazorati, jihozlar va materiallar yetkazib berish, shuningdek, texnik bilim almashinuvi va treninglar sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus “Loyiha Koordinatsiya Guruhi” tuziladi.

Mutabakat huquqiy yoki moliyaviy majburiyat yaratmaydi, biroq keyingi bosqichdagi amaliy shartnomalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.