Hi-ŞA Danışmanlık kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Hi-ŞA Danışmanlık kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2025-yil aprel oyida GOING Smarttech Service Group MCHJ (O‘zbekiston) hamda Hi-ŞA Danışmanlık (Turkiya) o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi, sertifikatlashtirish va xalqaro standartlarni joriy etish sohalarida strategik hamkorlik protokoli imzolandi.

Hamkorlik quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

- O‘zbekiston va O‘rta Osiyo davlatlarida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Sertifikatlashtirish xizmatlarini joriy etish va amaliyotga tatbiq qilish;
- Mutaxassislar malakasini oshirish va treninglar tashkil etish;
- Ikkinchi tomon auditi xizmatlarini joriy qilish;
- Yevropa va xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini joriy etish;
- Standartlashtirish, texnik normativ hujjatlar bilan ishlash;
- Loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash;
- Texnik maslahatlar va ekspert xulosalarini taqdim etish;
- Yetakchi mutaxassis va muhandislar bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Mazkur hamkorlik orqali tomonlar O‘zbekistonda va mintaqada xalqaro tajribaga asoslangan xavfsizlik tizimlarini rivojlantirish, ilmiy-amaliy salohiyatni oshirish va eksport salohiyatini mustahkamlashni maqsad qilgan.

---