Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan Central Asia Smart City loyihasi doirasida GOING Smarttech Service Group MChJ va Turkiyaning ilg‘or texnologiya kompaniyasi Diverjans Teknoloji o‘rtasida strategik hamkorlikni belgilovchi Mutabakat Zaptini (MoU) imzolash rejalashtirilmoqda.
Mazkur hujjat taraflarning raqamli shaharsozlik, aqlli infratuzilmalar, IoT tizimlari, IT infratuzilmasi, dasturiy ta'minot integratsiyasi va ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik niyatini mustahkamlab beradi.
* Aqlli bino va obyektlar boshqaruvi;
* IT infratuzilmasi: serverlar, tarmoqlar va bulut texnologiyalari;
* Maxsus shahar boshqaruvi uchun dasturiy echimlar;
* Texnik ta’lim, konsultatsiyalar va Ar-Ge loyihalari.
Tomonlar o‘zaro texnik va strategik qo‘mitani tashkil etish, har bir sub-loyiha uchun alohida amaliy shartnomalar tuzish, maxfiylikni saqlash va nizolarni muzokaralar orqali hal qilishga kelishib oldilar.