GIGANT-STROY-GROUP va VİZYON 21 strategik hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

GIGANT-STROY-GROUP va VİZYON 21 strategik hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

2025-yilning may oyida O‘zbekistonning GIGANT-STROY-GROUP LLC kompaniyasi va Turkiyaning VİZYON 21 Eğitim Organizasyon Teknoloji Sanayi ve Ticaret Ltd. Şti. kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlikka doir Mutabakat Zapi (MoU) imzolandi.

Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi – O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilmaviy va xalqaro rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. 

Tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qiladi:

* Loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish;
* Texnik-iqtisodiy asoslash va yuridik ruxsatnomalarni olish;
* Davlat idoralari va xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish;
* Texnologik yechimlar, logistik xizmatlar, muhandislik va sertifikatsiya bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash;
* Xalqaro sarmoya jalb qilish va targ‘ibot strategiyalarini ishlab chiqish.

GIGANT-STROY-GROUP – mahalliy huquqiy muvofiqlik, yer ajratish, infratuzilma va davlat bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yadi, VİZYON 21 esa – xalqaro investorlar, texnologiya yetkazib beruvchilar va texnik hamkorlikni ta’minlaydi.

Imzolangan memorandum 24 oy davomida amalda bo‘ladi hamda keyinchalik yuridik shartnomalarga asos bo‘lib xizmat qiladi.