2025-yilning aprel oyida GOING Smarttech Service Group MCHJ (O‘zbekiston) va EKSEN AGRO Tarımsal Danışmanlık Hizmetleri A.Ş. (Turkiya) o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi va o‘simliklarni himoya qilish sohasida strategik hamkorlik protokoli imzolandi.
- O‘zbekiston va O‘rta Osiyoda o‘simliklarni himoya qilish mahsulotlarini litsenziyalash bo‘yicha asosiy sinov va hujjatlar bazasini yaratish;
- Dala, laboratoriya va toksikologik sinovlarni o‘tkazish;
- Ilmiy-tadqiqot va AR-GE ishlarini rivojlantirish;
- Dastlabki toksiklik baholash, yon ta’sirlar, qoldiqlar, doza aniqligi va fitotoksiklikni o‘rganish;
- Raqobatbardoshlik sinovlari, o‘quv dasturlari va texnik maslahatlar;
- Monitoring, baholash, ilmiy hisobotlar tayyorlash va texnik yechimlar ishlab chiqish.
Protokol, shuningdek, xalqaro ekspertlar va muhandislar bilan hamkorlikni kuchaytirish, sektor uchun ilg‘or texnologiyalar va standartlarni tatbiq etishga zamin yaratadi.
Bu hamkorlik O‘zbekiston agrar sektorini xalqaro talablarga moslashtirish, eksport salohiyatini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ladi.
---